AQSh Olimpiya o‘yinlarini Pekindan boshqa joyda o‘tkazishni talab qildi

AQSh Olimpiya o‘yinlarini Pekindan boshqa joyda o‘tkazishni talab qildi

AQSh Kongressmenlari Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini (XOQ) XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarini Pekindan boshqa joyga ko‘chirishga chaqiruvchi rezolyusiya taqdim etishdi, deb xabar bermoqda The Texas Tribune. Rezolyusiyani demokratlar ham, respublikachilar ham, shu jumladan kongressmenlar Maykl Makkal va Gregori Meeks ham imzoladilar. Qishki Olimpiya o‘yinlari Pekin shahrida 2022 yil 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qaror homiylari XOQni "agar Xitoy hukumati uyg‘ur xalqiga qarshi jinoyatlarini to‘xtatmasa, 2022 yilgi qishki o‘yinlarni keyinga qoldirishga" chaqiradi.

“Uyg‘urlar va boshqa etnik va diniy ozchiliklarni qirg‘in qilish bizning davrimizda axloqning sinovidir. Xitoy kommunistik partiyasiga o‘zining vahshiyliklarini yashirish va dunyo miqyosidagi obro‘sini yaxshilash imkoniyatini berish orqali XOQ o‘z prinsiplarini buzmoqda va o‘z brendini kamsitmoqda", dedi janob Makkol.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!