AQSh Moliya vazirligi Eronning ikki kompaniyasi va to‘rt nafar shaxsga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi Eronning ikki kompaniyasi va to‘rt nafar shaxsga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar muhim infratuzilmaga kiberhujumlarda ishtirok etgan Erondan ikki kompaniya va to‘rt nafar shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Bu haqda AQSh moliya vazirligi matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

Hujjatga ko‘ra, ikki kompaniya va to‘rt nafar shaxs, jumladan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRQK) kiberqo‘mondonligi rahbariga nisbatan cheklovlar joriy etilgan. AQSh Moliya vazirligining ta’kidlashicha, ular "10 dan ortiq AQSh kompaniyalari va davlat idoralariga" ta’sir ko‘rsatgan "yomon niyatli kiberfaoliyatga aloqador". O‘z navbatida, AQSh Davlat departamenti ushbu da’vo qilingan kiberhujumlarning nishoni ham uchinchi mamlakatlardagi kompaniyalar bo‘lganini ma’lum qildi.

AQSh Moliya vazirligi hujumlar "IRQK manfaati uchun" amalga oshirilganini da’vo qilmoqda. AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Brayan Nelsonning so‘zlariga ko‘ra, sanksiya qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslar Qo‘shma Shtatlarda “muhim infratuzilmani beqarorlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan, barqaror kampaniya” o‘tkazgan.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari va kompaniyalariga aloqador shaxslar bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!