AQSh Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun samolyot tashuvchi kemalarini yuborishga qaror qildi

AQSh Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun samolyot tashuvchi kemalarini yuborishga qaror qildi

Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqqa yangi aviatashuvchi zarbalar guruhini yuboradi, shuningdek, mintaqadagi va Isroildagi Amerika qo‘shinlarining himoyasini kuchaytirish uchun u yerda qo‘shimcha raketaga qarshi mudofaa kuchlarini joylashtiradi . Bu haqda Pentagon saytidagi bayonotda ma’lum qilindi .

Matnda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Abraham Linkoln AUGga hozirda Yaqin Sharqda joylashgan Teodor Ruzvelt AUG ni almashtirish va mintaqaga raketaga qarshi mudofaa tizimlariga ega qo‘shimcha esminets va kreyserlarni yuborishni buyurgani qayd etilgan. Shuningdek, Pentagon bu yerga qo‘shimcha raketaga qarshi mudofaa tizimlari va AQSh harbiy-havo kuchlari qiruvchilarining eskadronlarini joylashtirishni rejalashtirayotgani ham ko‘rsatilgan .

Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singxning so‘zlariga ko‘ra , qo‘shimcha mudofaa imkoniyatlarini joylashtirish Isroilga Eron va Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar tahdidlariga javob bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!