AQSh Hind-Tinch okeani mintaqasiga raketa joylashtiradi

AQSh Hind-Tinch okeani mintaqasiga raketa joylashtiradi

AQSh Tinch okeani mintaqasida quruqlik qo‘shini qo‘mondoni Charlz Flinn “Iomiuri” gazetasiga intervyu berib, Qo‘shma Shtatlar yaqin orada Hind-Tinch okeani mintaqasiga o‘rta masofaga uchuvchi raketalar joylashtirish niyatini ma’lum qildi.

– Yaqin vaqtlarda ittifoqchilar va sheriklar bilan hamkorlikda raketalarni mintaqaga joylashtirish rejamiz bor, dedi u. – Xitoy raketalarini modernizasiya qilmoqda, bunga qarshi turishda Amerikaning quruqlik qo‘shini muhim ahamiyat kasb etadi.

Mulozim raketa nomini aytmagan. Gazeta esa bular “Tomagavk” va SM6 zenit raketasi uchun foydalaniladigan “Typhon” majmuasi bo‘lishi mumkinligini yozgan.

Maqolada qayd etilishicha, harakat Xitoyni tiyib turishga qaratilgan.

Flinn o‘tgan yil ham AQShning o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarini Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga joylashtirish rejasi haqida gapirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!