AQSh Gresiyaga 9,4 milliard dollarlik harbiy texnika sotishini ma’qulladi

AQSh Gresiyaga 9,4 milliard dollarlik harbiy texnika sotishini ma’qulladi

AQSh Tashqi Ishlar vazirligi, Gresiyaga 6,9 milliard dollar qiymatdagi 4 harbiy kemani sotishi bilan birga 2,5 milliard dollarlik modernizasiya bitimlarini ham tasdiqladi.

AQSh Tashqi Ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, Gresiyaga potensial harbiy kema sotilishini ma’qullash va mavjud kemalarni modernizasiya qilish haqidagi bildirishnoma Kongressga taqdim etildi.

Tasdiqlash Gresiyaga 6,9 milliard dollarlik 4 ta "Meko" sinfidagi harbiy kemalarni sotishni va 2,5 milliard dollarlik modernizasiyani o‘z ichiga oladi.

"Ushbu savdo Yevropadagi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy jarayon uchun muhim hamkor bo‘lgan NATO ittifoqchisi xavfsizligini yaxshilash orqali Qo‘shma Shtatlarning tashqi siyosati va milliy xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi", — deyiladi bayonotda.

Ushbu savdo amalga oshirilishi uchun kongressning tegishli qo‘mitalari 30 kun ichida ushbu tasdiqlarga e’tiroz bildirmasligi talab etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!