AQSh global diktaturani saqlab qolish uchun yanada tajovuzkor bo‘ladi - Tashqi razvedka xizmati

AQSh global diktaturani saqlab qolish uchun yanada tajovuzkor bo‘ladi - Tashqi razvedka xizmati

Amerika Qo‘shma Shtatlari boshchiligidagi G‘arb o‘zining global diktaturasini saqlab qolish yo‘lida yanada tajovuzkor bo‘lmoqda, dedi Rossiya Tashqi Razvedka xizmati vakli general-polkovnik Vladimir Matveev Moskvada bo‘lib o‘tayotgan 10-Xalqaro xavfsizlik forumida.

Kollektiv G‘arb o‘zining global diktaturasini saqlab qolish va kuchaytirishga urinib, yanada tajovuzkor va beparvo bo‘lmoqda. Ular turli mamlakatlar va mintaqalarda tartibsizliklar tarqatishga harakat qilmoqda.

"Bunday dogmatik yondashuv bir tomondan kulgili, ikkinchi tomondan esa o‘ta xavfli. Dunyoning turli burchaklarida tinchlik va barqarorlikka asosiy tahdid aynan shu yerda. Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi G‘arb o‘z kuchini yo‘qotgani sari yanada tajovuzkor va ehtiyotsiz bo‘lib boraveradi", - deydi Matveev.

Razvedka xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Bu ma’noda, mubolag‘asiz, butun sayyoramiz yuqori xavf zonasida – Bolqon va sobiq Ittifoq hududidan tortib Janubiy Xitoy dengizi, Hindiston yarimoroli va Lotin Amerikasigacha. Yaqin Sharqni aytmasa ham bo‘ladi", - dedi general.

Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha X Moskva konferensiyasi (MCIS-2022) 16 avgust kuni ochildi. Anjumanda global va mintaqaviy barqarorlik muammolari, shuningdek, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Yevropada xavfsizlikning turli jihatlari muhokama qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!