AQSh Eron bilan ziddiyatga intilmayapti – Bayden

AQSh Eron bilan ziddiyatga intilmayapti – Bayden

AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Eron bilan mojaroga borishni istamasligini, ammo Eron tomoni hujum qilsa, amerikaliklarni himoya qilishga tayyorligini aytdi.

“Biz Eron bilan ziddiyatga intilmayapmiz”, dedi Bayden Ottavada Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.

“Bu yerga kelayotganimizda milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchilarim kecha Suriyada sodir bo‘lgan hujum haqida ma’lumot berishdi. Eron dastaklayotgan jangari guruh ob’ektlarimizdan biriga zarba berishda uchuvchisiz parvoz apparatidan foydalangan”, — dedi Oq uy rahbari.

Bayden zudlik bilan javob zarbasi berishni buyurganini aytdi.

“Kecha tunda AQSh harbiylari Suriyada amerikalik harbiylarga hujum uchun javobgar shaxslarga qarshi havo hujumlarini amalga oshirdi”, dedi u


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!