AQSh chet eldan kelgan qochqinlarni qabul qilish kvotasini oshirdi

AQSh chet eldan kelgan qochqinlarni qabul qilish kvotasini oshirdi

AQShning yangi ma’muriyati chet eldan qochqinlarni qabul qilish kvotasini ko‘paytirmoqda va bu yil uni 125 ming kishiga yetkazmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Jo Bayden AQSh Tashqi ishlar vazirligida o‘zining tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tanishtirgan nutqi davomida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda  TASS.

«Bugun men misli ko‘rilmagan global ehtiyojlarni qondirishga yordam berish uchun qochqinlarni qabul qilish dasturini tiklash bo‘yicha og‘ir ishlarni boshlaydigan farmonni imzolayman. Shunchalik jiddiy zarar ko‘rgan narsalarni tiklash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ushbu farmon birinchi to‘liq moliyaviy yilda 125 ming qochqinlarni qabul qilish kvotasini tiklashimizga imkon beradi», — dedi Bayden.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentligi davrida qochqinlar kvotasi 2016 yil moliyaviy yilidagi 85 ming kishidan 2021 yilda 15 ming kishiga kamaytirildi. AQShda moliyaviy yil 1 oktyabrdan boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!