AQSh Boeing taklifini o‘rganib chiqmoqda

AQSh Boeing taklifini o‘rganib chiqmoqda

Pentagon Boeing korporasiyasining Ukrainaga kichik diametrli arzon va yuqori aniqlikdagi snaryadlarni Kiyevga berish bo‘yicha taklifini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu snaryadlar Rossiyaga zarba berish uchun Kiyevning tashuvchi vositasiga mos keladi. Bu haqda dushanba kuni Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Agentlikning korporasiya manbalariga tayanib yozishicha, snaryadlar 150 kilometr masofadan nishonni aniq ura oladi. Bunday qurol-yarog‘lar va ularni tashuvchi vositalar taxminan 40 ming dollarni tashkil etadi, ya’ni ushbu loyiha qimmat bo‘lmaydi.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi rahbarlaridan biri Tom Karakoning ta’kidlashicha, gap arzon narx va ko‘p sonlar haqida bormoqda. AQShning Afg‘onistondagi amaliyotlari yakunlangandan keyin juda ko‘p snaryadlar qolib ketdi. Ulardan Ukrainada foydalanish mumkin. Bunday snaryadlar Kiyevga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish imkonini beradi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu snaryadlar 2023 yil bahorda Ukrainaga yetkazilishi mumkin. Boeing mazkur snaryadlarni yaratish va ishlab chiqarishni 2019 yilda Shvesiyaning Saab AB aerokosmik kompaniyasi bilan birgalikda boshlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!