AQSh BMT Xavfsizlik kengashining Bosh Assambleyaga Falastin davlatini xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya etuvchi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi

AQSh BMT Xavfsizlik kengashining Bosh Assambleyaga Falastin davlatini xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya etuvchi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi

Bu haqda BMT rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

18 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda BMT Xavfsizlik kengashining 12 a’zosi, jumladan, Rossiya va Xitoy Jazoir taklif qilgan hujjatni qabul qilish uchun ovoz berdi. Buyuk Britaniya va Shveysariya betaraf qoldi, faqat AQSh bunga qarshi chiqdi.

"Qo‘shma Shtatlar ikki davlat qarorini qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu ovoz berish Falastin davlatchiligiga qarshilikni aks ettirmaydi, balki bu faqat tomonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali amalga oshirilishini tan oladi", — deya bunga izoh berdi AQShning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vud.

Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos AQShning BMT Xavfsizlik kengashidagi vetosini "adolatsiz, axloqsiz va asossiz" deya qoraladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “Falastinning BMTga to‘liq a’zo bo‘lishini qat’iy qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro hamjamiyat irodasiga” ziddir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!