AQSh Afg‘onistonda "Al-Qoida" yetakchisini o‘ldirganiga ishonadi

AQSh Afg‘onistonda "Al-Qoida" yetakchisini o‘ldirganiga ishonadi

AQSh ma’muriyati “Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni Afg‘onistonda uchuvchisiz drondan berilgan zarba natijasida yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi Politico vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.

Operasiyadan xabardor bo‘lgan ikki kishining ma’lum qilishicha, AQSh hafta oxirida “Al-Qoida” yetakchisi Ayman al-Zavohiriyni dron hujumida o‘ldirgan.

Bundan tashqari, Politico nashri AQSh ma’muriyatining o‘zini oshkor etmagan yuqori martabali mulozimidan iqtibos keltirgan holda, “Dam olish kunlari Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi "Al-Qoida"ning muhim nishoniga qarshi aksilterror operasiyasini o‘tkazdi. Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi, tinch aholi jabrlanmadi”.

O‘z navbatida, Associated Press agentligining ta’kidlashicha, dastlab Vashingtonda yakshanba kuni al-Zavohiriy vafot etgani haqida ma’lumot kela boshlagan, biroq ular ma’lumotni tekshirgandan so‘ng darhol e’lon qilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!