“Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi

“Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi

Poytaxtning Mirobod va Shayxontohur tumanlarida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga o‘rnatilgan “Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.

Koreyaning "K-Water" korporasiyasi bilan hamkorlikda ko‘p kvartirali uylardagi 8 450 ta xonadonda sinov tariqasida “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Suv hisoblagichlarini o‘rnatish suv sarfini aniq monitoring qilish va shu tariqa ortiqcha suv sarflanishining oldini olish, shuningdek, ma’lumotlarni masofadan turib yuborish imkonini beradi”, deydi Akmal Murodov.

Aytilishicha, aprel oyi holatiga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatining billing tizimida 4,2 million nafar abonent mavjud bo‘lib, ulardan 60 foizi suv hisoblagichlari bilan ta’minlangan.

Iste’molchilarni suv hisoblagichlari bilan ta’minlash maqsadida o‘tgan yilda mamlakat bo‘ylab 312 mingta suv hisoblagichlari o‘rnatildi. Bu yil 225 mingta suv hisoblagichini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lsa, shundan ularning 121 mingtasi yanvar-aprel oylarida o‘rnatib bo‘lindi.

Shuningdek, 2022-2024 yillarda suv inshootlari, magistral va ko‘cha boshidagi tarmoqlariga jami 15 579 ta suv hisoblagichini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, respublika hududlarida so‘nggi 5 yilda 6 mln 500 ming aholi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ilk bor ta’minlandi. 4 mln 500 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

2022-2026 yillarda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini qariyb 87 foizga yetkazish kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (8 )

    DO'STLIK
    энди шундан олиш керакми
    DO'STLIK
    яна бир йилда кейин яна янгисини чиқаринглар
    DO'STLIK
    "Заковатли" сув хисоблагичлар деб номланглар кейингисини сув сарфини 6 баробаргача камайтириб беради деб
    Boburjon Salomov
    Bula kup suv berib kam hisoblaydimi
    Равшанбек
    Янгича пул топиш йули халкни еппасига отишиб юбор кутиласанлар
    1050@
    эртага манам рахбар булсам янги хисоблагич обкелиб соттираман киммат нархга
    kamol
    Shunaqa aqlli shotchikni gazga quyib ketishdi, gaz plitadan ozgina kichkina ekan.
    Gap yo lekin, xokim buvani firmalariga uxshatdim lekin.
    JAMSHID
    Yo aksincha kam suv berib ko‘p pul ishlaydi