Apple ishlab chiqarishni Xitoydan ko‘chirish rejalarini tezlashtirdi

Apple ishlab chiqarishni Xitoydan ko‘chirish rejalarini tezlashtirdi

Amerikaning Apple kompaniyasi mahsulotning bir qismini Xitoydan tashqariga o‘tkazish jarayonini tezlashtirdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, korporasiya boshqa Osiyo mamlakatlarida – masalan, Hindiston va Vyetnamda mahsulotlarni yig‘ishni faol rejalashtirish iltimosi bilan yetkazib beruvchilarga murojaat qilgan. Apple shuningdek, Tayvanlik montajchilarga, jumladan Foxson Technology Group'ga qaramlikni kamaytirishga intiladi.

"So‘nggi haftalarda Apple o‘z ishlab chiqarishining bir qismini Xitoydan tashqariga ko‘chirish rejalarini tezlashtirdi", - deya xabar beradi WSJ.

Ta’kidlanishicha, Chjenchjoudagi iPhone zavodidagi tartibsizliklar ishlab chiqarishni ko‘chirish qaroriga ta’sir qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!