Biz ayni damda mavsumning eng tig‘iz qismiga yo‘l olyapmiz. Shu sababli futbolchilarga ish ko‘payaveradi. Katta klublar asosiy yulduzlarini maydonda ko‘proq ish bajarishga undaydi. Buni tushunsa bo‘ladi, albatta. Premyer-ligada eng ko‘p maydonda bo‘lgan yulduzlar nomi ma’lum qilindi. Bu ma’lumot "Arsenal" muxlislariga yoqmasligi mumkin. Negaki, Arteta jamoasidan faqat uch kishi top-10 ro‘yxatda bor. Bu degani "Arsenal"da ko‘p rotasiya bo‘lmoqda. Masalan, bu borada Deklan Raysning ko‘rsatkichi quyidagicha: 105 millionlik futbolchi 1484 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan. Kuchli o‘ntalikda yana Ben Uayt va Vilyam Saliba ham o‘rin egalladi.
"Arsenal" o‘tgan mavsum oxirlarida "Manchester Siti"ga chempionlikni boy berib qo‘ygandi. Bu esa aynan Salibaning mart oyida olgan jarohati sababli yuz berdi. Oqibatda, qolgan 12 turda to‘pchilar ustozi Rob Xoldingdan foydalandi. Agarda "Arsenal" asosiy tarkibni balansli ushlab turmasa, u holda o‘tgan mavsumdagi holat qaytarilishi mumkin.
"Aston Villa"ni ham ehtiyotkorlikka chorlash uchun sababimiz yetarli. Bu jamoa yevrokuboklarga qaytgani munosabati bilan, o‘yinlari soni ko‘payib ketdi. APLning o‘zida Unai Emeri shogirdlaridan uchtasi joriy ro‘yxatga kirdi. Ezri Konsa, Jon Maggin hamda Luka Dinlarning har biri 1500 daqiqadan ortiq vaqtni maydonda o‘tkazishdi. Ayni damda birmingemliklar turnir yetakchisi "Manchester Siti"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.
Darvozabonlar Nik Poup hamda Andre Onanalar jadval avvalidan o‘rin egallagan. Xususan, Onana hozirga qadar "MYu"ning har bir bahsida maydonda edi. "Shaharliklar" safida Erling Xoland hamda Kayl Uokerlar eng ko‘p foydalanilgan vakillardir. Hozirda Xoland jarohat oldi. Shu sabab "Manchester Siti" raqiblari xursand bo‘lsa kerak. Lekin u tez orada qaytadi. O‘tgan mavsumda faqatgina 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborganini hisobga olsak, Xolandning tez qaytishini tabiiy qabul qilish mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.
Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.
Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.