Apellyasiya arizalarini ko‘rib chiqishda talabgorlarning 15 foizi ishtirok etdi

Apellyasiya arizalarini ko‘rib chiqishda talabgorlarning 15 foizi ishtirok etdi

Davlat test markazida 17 sentyabr kuniga belgilangan apellyasiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi. Bu haqda DTM axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, apellyasiya arizalari 2022 yil 7 sentyabrdan boshlab Apellyasiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan 7—17 sentyabr kunlari apellyasiya arizalari ko‘rib chiqilishi belgilangan 5 980 nafar talabgordan 889 nafari (14,9 foizi) ishtirok etgan. Shundan:

  • OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha — 744 nafar (4 980 nafar abituriyentdan);
  • Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlari bo‘yicha — 145 nafar (1 000 nafar talabgordan).

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!