Antarktidada London kattaligidagi aysberg parchalanib ketdi

Antarktidada London kattaligidagi aysberg parchalanib ketdi

Maydoni 1550 kv km, eni 150 metr bo‘lgan katta aysberg Antarktidadan bo‘linib chiqdi

Bu haqda Britaniyalik olimlar xabar berdi, deya yozmoqda RIA Novosti.

Ma’lum qilinishicha, muzning yorilishi haqida xabar bergan Britaniyaning Halley tadqiqot stansiyasi xodimlari xavf ostida emas. Stansiya aysberg parchalangan joydan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan.

O‘tgan yakshanba kuni sodir bo‘lgan bu voqea so‘nggi ikki yil ichida qit’aning ushbu qismida ikkinchi yirik aysberg parchalanishi bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning fikricha, muzlik murakkab tuzilishga ega va uning parchalanishi oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!