Angrenda aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan soxta tadbirkorlar aniqlandi

Angrenda aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan soxta tadbirkorlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.A. va T.B. soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, T. ismli shaxsning nomiga “Q.S.” va “K.A.” MCHJni tashkil etishib, ushbu MCHJlarga davlat resurslari hisobidan ajratilgan 369 mln so‘mlik jami 148 tonna un mahsulotini belgilangan dislokasiyaga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini ta’minlamasdan, boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi ( soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!