Androidning 14 versiyasiga sun’iy intellekt o‘rnatiladi

Androidning 14 versiyasiga sun’iy intellekt o‘rnatiladi

Shu kuzda sotuvga chiqariladigan “Android” operasion tizimining 14 versiyasida sun’iy intellektga asoslangan yangi funksiyalarini qo‘shilishi kutilmoqda.

Shuningdek, "Jonli" rasmlarni yaratishning yangi funksiyalari ham paydo bo‘ladi. Bu xususiyat sizning suratlaringizni jonlantirish uchun qurilmadagi neyron tarmoqlardan foydalanadi.

Bundan tashqari, Android 14 operasion tizimida o‘rnatilgan sun’iy intellekt bosh menyudan o‘rin egallaydi.

Yangi operasion tizimning yana bir qiziqarli xususiyatlaridan biri - Sehrli kompozisiya. Ushbu funksiya matnli xabarlarni avtomatik yozish uchun "Google"ning generativ sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda "qisqa" yoki "mukammal" uslubda xabar yozishi mumkin.

Bundan tashqari, Android 14 versiyasi kameralari "Ultra HDR" formatini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa yanada ko‘proq ranglar bilan suratga olish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!