Andijonlik zo‘ravon UFC jangchisi qidiruvga berildi

Andijonlik zo‘ravon UFC jangchisi qidiruvga berildi

Andijonlik UFC jangchisi sherigi bilan ichki ishlar organi xodimini ayovsiz kaltaklab, qochib ketgan edi. Andijon shahar sudi uni qamoqqa olishga ajrim chiqargan, hozir gumondor qidirilmoqda. Bu haqda "Zed News" kanali xabar bermoqda.

Nima bo‘lgan o‘zi?

24 sentyabrda Andijon shahar IIB 1-sonli milisiya bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi rahbari, kapitan S.G‘. “Damas” mashinasida ketayotib, yo‘l qoidasini buzib, yo‘l chetida to‘xtab turgan “Spark” mashinasiga urilgan. Bunga javoban “Spark” haydovchisi va salon ichidagi yo‘lovchi “Damas” haydovchisini urib, tan jarohati yetkazishgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, xodimni urgan fuqaro UFC jangchisi H.E. ekani aniqlangan. Ayrim manbalarga ko‘ra, u dog‘istonlik UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning yaqin do‘sti hisoblanadi.

Sud-ekspertiza xulosasi

26 sentyabrda sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, jabrlanuvchiga "bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi, chap tomon g‘alvirsimon suyak katakchalarining yopiq sinishi, burun to‘sig‘ining travmatik qiyshayishi, chap ko‘z qovoqlari qontalashi, teri osti gematomasi, chap ko‘z olmasi 2-darajali kontuziyasi, chap chakka sohasi shilinishi" tashxisi qo‘yilgan.

Sud dastlab uning aybini xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan deb topmoqchi bo‘lgan, ammo qasddan qochib ketgani uchun uni qamoqqa olish haqida ajrim chiqargan va qidiruvga berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!