Andijonda uch marta sudlangan va qamalganiga 2 yil bo‘lgan ayol yana qamaldi

Andijonda uch marta sudlangan va qamalganiga 2 yil bo‘lgan ayol yana qamaldi

Andijonda jinsiy aloqa taklif qilgan erkakni pichoqlagan ayol qamaldi. Bu haqda "Daryo.uz" sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu hodisa 2019 yil 18 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 41 yoshli ayol 2018 yilda qamoqdan chiqqach, Andijon shahridagi tanishinikida yashab kelgan.

O‘sha kuni ularning uyiga shaharda isiriq tutatib, tirikchilik qilib yuruvchi erkak kelib, birgalashib spirtli ichimlik ichishgan.

Shunda kelgan mehmon 41 yoshli ayolga jinsiy aloqa taklif qilgan. Ayol rad etaverganiga qaramay erkak ushbu taklifni beravergan. Bundan jahli chiqqan ayol pichoqni olib erkakning qorniga tiqib olgan.

Mazkur hodisa yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda jabrlanuvchi ishtirok etgan va hech qanday da’vosi yo‘qligini aytgan.

Sud qaroriga ko‘ra shu vaqtgacha uch marta sudlangan ayolga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, ayol xavfli residivist deb topilgan va endi u jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!