Andijonda quyon uchun ajratilgan pullar "quyon bo‘ldi"

Andijonda quyon uchun ajratilgan pullar "quyon bo‘ldi"

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.” ICHK rahbari A.R. va boshqalar kooperativ quyonchilik faoliyati bilan shug‘ullanmasada, maxsus jamg‘arma hisobidan quyon va quyon qafaslari sotib olish uchun 500 mln so‘m imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha shartnoma tuzib, shundan 200 mln so‘mini dastlabki monitoring xulosasini soxtalashtirish orqali olishga erishib, kredit mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!