Andijonda kuchli tasir etuvchi dori vositalari oldi-sotdisi bilan bog‘liq holat aniqlandi

Andijonda kuchli tasir etuvchi dori vositalari oldi-sotdisi bilan bog‘liq holat aniqlandi

Joriy yilning 27 iyul kuni Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon tumanida yashovchi ayol Z.D hamda uning sherigi Andijon shaharda yashovchi ayol X.Olar birgalikda, jami 28 dona «Regapen» va 12 dona «Tropikamid» dori vositasini xolis xaridorga 2 million 500 ming so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro Z.Dning qo‘lida bo‘lgan sumkasida 68 dona «Regapen» hamda 6 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!