Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklagani aytilmoqda

Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shahrida avtomashinalar harakatlanish vaqtida taraflar o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Andijon shahar IIB 4-bo‘lim xodimlari tomonidan fuqarolar kaltaklangani, haqorat qilingani aytilmoqda" nomli videoxabarlar tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!