Andijonda fuqarodan 2.000 AQSh dollari va 80 mln talab qilgan talonchilar ushlandi

Andijonda fuqarodan 2.000 AQSh dollari va 80 mln talab qilgan talonchilar ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV ga kelib tushgan ma’lumotga asosan 2022 yil 11 iyun kuni IIV JQBB va Andijon viloyat IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddasini nazorat tartibida xarid qilish tezkor tadbiri o‘tkazildi.

Tezkor tadbir avvalida gumonlanuvchi 1997 yilda tug‘ilgan Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro bilan «maxsus xaridor» o‘rtasida o‘tkazilgan suhbat davomida gumonlanuvchi «maxsus xaridor» 1.200 dona «Tropikamid» va 4.480 dona «Lirika va Regapen» nomli kuchli ta’sir etuvchi dori-vositalarini jami 100.000.000 so‘mga sotishga kelishib, ushbu dori vositalarini o‘zining tanishlari orqali Andijon shahar "Paxtakor" mahallasi Aylanma ko‘chasida joylashgan «Karvon» oshxonasi oldiga olib kelishini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, tezkor qidiruv tadbiriga jalb qilingan xodimlar bilan birga kelishilgan joyga borilganida, gumonlanuvchi o‘zining 3 nafar Andijon viloyatida yashovchi sheriklari bilan birga, qora rangli davlat raqamini yechilgan holda «Spark» avtomashinasida kelib, ikki dona qog‘oz qutida dori vositalar borligini aytib, «maxsus xaridor» quti ichidagi dorilarni ko‘rmoqchi bo‘lganida ular tomonidan «maxsus xaridor»dan yonida bo‘lgan 2.000 AQSh dollari va 80 mln. pullarni berishligini talab qilib, «maxsus xaridor»ni bo‘yinidan qo‘llari bilan bo‘g‘ib jismoniy kuch ishlatishib, avtomashinaga olib kirib pullarni olmoqchi bo‘lgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Andijon shahar IIO FMB TBga qonuniy chora ko‘rishlik uchun topshirilib, ushlangan shaxslar Jinoyat kodeksining 166-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanuvchi sifatida Jinoyat-prosessual kodeksining 224-moddasi tartibida ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!