Andijonda fuqaro tanishlarining mol-mulkini “1XBET”ga tikib yubordi

Andijonda fuqaro tanishlarining mol-mulkini “1XBET”ga tikib yubordi

Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro R.N. internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan “1XBET” totalizator o‘yinini o‘ynab, o‘zining juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini yutqazib yuborgan va keyingi o‘yinlarga pul topish maqsadida tanishlarining mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. Bu g‘arazli niyatini amalga oshirish yo‘lida tanishlari fuqaro R.F.ning narxi 2.500.000 so‘mlik “Samsung 51A” hamda K.O.ning narxi 12.800.000 so‘mlik “iPhone 12 pro” rusumli uyali telefonlarini foydalanish uchun olib, telefon apparatlarni Andijon shahri “Yangi bozor” hududida 2.500.000 so‘mga sotgan va ushbu pullarni “1XBET” totalizator o‘yinida yutqazib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro R.N qamoqqa olingan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!