Andijonda bir oilaning uch nafar farzandi tiriklay yonib ketdi

Andijonda bir oilaning uch nafar farzandi tiriklay yonib ketdi

22 dekabr kuni soat 19:15da Andijon shahar “Dalvarzin” MFY, S.Abdulla 5-tor ko‘chasi 5-uyda yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan A.Bning 70 kv.m. maydonda uyining shift, tom qismi va uy jihozlari yongan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining farzandlari 2007 yilda tug‘ilgan SH. R, 2009 yilda tug‘ilgan SH. R. va 2017 yilda tug‘ilgan SH. M.larning 100 foiz kuygan holdagi jasadi topilgan.

Andijon viloyati FVBga ko‘ra, yong‘inga 19:19da yetib borib, 19:22da o‘rab olinib, 19:32da o‘chirilgan.

Yong‘indan uyning 180 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni sababi va zarari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!