Andijonda AI-80 benzinni AI-92 deb sotayotgan AYOQShlar aniqlandi

Andijonda AI-80 benzinni AI-92 deb sotayotgan AYOQShlar aniqlandi

Andijon viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan Andijon viloyatidagi avtomobillarni benzin bilan ta’minlash bo‘yicha muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zneftgazinspeksiya” Andijon viloyat hududiy bo‘limi tomonidan viloyatdagi AYOQShlarda sotilayotgan avtobenzin mahsulotlari sifati ustidan nazorat o‘rnatilgan.

Jumladan, joriy yil boshidan “O‘zneftgazinspeksiya” Andijon viloyat hududiy bo‘limi tomonidan viloyatdagi AYOQShlardagi 243 ming 619 litr AI-92 markali avtobenzin mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib, 10 ta AYOQShlar tomonidan 64 ming 317 litr AI-80 markali avtobenzinni AI-92 markali avtobenzin sifatida sotish holatlari aniqlanib, ushbu holatlar bartaraf etilishi ta’minlanib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Hozirgi kunda AI-80 markali avtobenzin sotilayotgan har bir AYOQShlarga “Andijon neft bazasi” MCHJning ma’sul hodimlari biriktirilib, shahobchada avtobenzin sotilgan avtotransport vositalari monitoringi yuritilib, keltirilgan avtobenzinni oxirigacha sotilishi ta’minlanmoqda.

“O‘zneftgazinspeksiya” Andijon viloyat hududiy bo‘limi tomonidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

"Iste’molchilar tomonidan AYOQShlarda sotilayotgan AI-92 markali avtobenzin mahsulotlari sifati bo‘yicha e’tirozlari kelib chiqqanda “O‘zneftgazinspeksiya” Andijon viloyat hududiy bo‘limiga murojaat qilishlari mumkinligini bildiramiz." - deyiladi Andijon viloyati hokimligining rasmiy bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!