Andijonda 862 million so‘mlik "Sovuq qurol"larning yurtimizga olib kirish rejasi amalga oshmadi

Andijonda 862 million so‘mlik "Sovuq qurol"larning yurtimizga olib kirish rejasi amalga oshmadi

Yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga urinayotgan shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlariga bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 862 mln. 880 ming so‘mlik 5839 dona 14 xildagi turli xil pichoqlar hamda temir tayoq (bita) tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!