Andijonda 52 yashar erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

Andijonda 52 yashar erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

Andijon. 2020 yilning 22 mart kuni soat 23:00 da fuqaro 62 yoshli I.T., Jalaquduq tumani Navoiy MFY Gagarin ko‘chasida yashovchi 58 yoshli A.G., ning yashash uyiga kelib birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, A.G., uni haqoratlaganligi natijasida o‘zaro janjallashib, I.T., mast holda xonadagi oshxona pichog‘i bilan A.G.,ni badaniga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Natijada, A.G., tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan I.T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.T., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!