Andijonda 329 mln so‘mlik sifatsiz tabiiy gaz sotgan shoxobcha aniqlandi

Andijonda 329 mln so‘mlik sifatsiz tabiiy gaz sotgan shoxobcha aniqlandi

Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasida sifati kafolatlanmagan mahsulot sotilishining oldi olindi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, inspeksiyaning Andijon viloyati xodimlari tomonidan «S.F» MCHJ (nomi o‘zgartirilgan)ga qarashli avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasida tekshiruv ishlari o‘tkazilgan. Natijada, mazkur shaxobcha tomonidan 329 mln so‘mlik muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizasiya qilingani aniqlangan.

Shundan so‘ng, MCHJga muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizasiya qilinishini taqiqlash va mahsulotni majburiy tartibda sertifikatlashtirish yuzasidan yozma ko‘rsatma berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!