Andijonda 11 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan kaltaklandi

Andijonda 11 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan kaltaklandi

Joriy yilning 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Ganjiravon mahallasida ushbu qizni o‘gay onasi qizni barmoqlarini sindirib, badaniga pichoq qaychilarni tiqib, urib, it azobini bergani aytilmoqda” nomli sarlavha bilan tarqalgan video xabarda aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB tomonidan ishchi guruh tuzilgan holda batafsil o‘rganilib chiqildi.

Aniqlanishicha, Oltinko‘l tumani “Ganjiravon” MFYda yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan I.H.ga nisbatan joriy yilning 22 may kuni o‘gay onasi X.M tomonidan tan jarohati yetkazilgan. Shuningdek, shu kuni voyaga yetmagan H.I bobosi X.I hamda buvisi I.Slar istiqomat qilayotgan uyga qochib keladi. Ularga bo‘lgan voqeani aytib beradi va shu mahalladagi raqamsiz uyda yashovchi (vafot etgan onasining ota-onasi), Q.A hamda buvisi Q.Zlarning yashash xonadoniga olib borib qo‘yishni iltimos qiladi. Mazkur xonadonga borgandan so‘ng xolasi R.Z jiyani H.Iga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlarini videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylaganligi aniqlandi.

27 may kuni voyaga yetmagan X.Idagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!