Andijonda 1 yashar bola qorin og‘rig‘idan vafot etdi

Andijonda 1 yashar bola qorin og‘rig‘idan vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda, “Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasiga qorin og‘rig‘i bilan kelgan bemor, 2021 yilda tug‘ilgan I.Ya vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Andijon prokuraturasi vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 3 sentyabr kuni Shahrixon tuman, “Qumtepa” ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan I.Ya Shahrixon tumanidagi xususiy shifoxonada tibbiy muolajalarni qabul qilish davrida sog‘ligi yomonlashib vafot etgan.

"Holat yuzasidan Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 27.09.2022 yilda JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan" deyiladi xabarda.

Tergov harakatlari Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!