Andijon viloyatida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Andijon viloyatida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan shahar ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “H.b.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 981,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.E.” MCHJ rahbari L.A. “Qo‘rg‘oncha” MFYdagi rezina buyumlar ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 825,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan shahar ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolar I.K., B.G. va boshqalar tikuvchilik va qandolatchilik sexlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, 681,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro SH.A. “Beshqovoq” MFYdagi bilyard o‘yingohini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 164,8 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 1 mlrd so‘m zarar zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!