Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham maktabda dars o‘tdi. Bu haqida Andijon viloyati hokimligining telegram kanalida xabar berilmoqda.
“Hokim soati” rukni ostidagi hayot darslari Andijon shahridagi 1440 o‘rinli 18-umumta’lim maktabida davom etdi. Dastavval 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan dars esa savol-javoblarga boy bo‘ldi, deyilgan xabarda.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahridagi 10-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklagan hamda mustaqillik darsini o‘tgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham Koson tumanidagi 62-maktabda o‘tkazilgan tadbirda qatnashib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi va maktab ta’limining inson hayoti davomidagi o‘rni haqida ham o‘z kechinmalarini so‘zlab bergan.
Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlar maktablarga borib, dars berish tartibini joriy etish topshirilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.