Ana xolos! "Tashkent city"dagi kongress xoll tomi qulab tushdi

Ana xolos! "Tashkent city"dagi kongress xoll tomi qulab tushdi

2 dekabr kuni "Tashkent city"dagi kongress xoll tomi qulab tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha aynan o‘sha yerda 8-dekabr - Konstitusiya kuni munosabati bilan bayram dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aynan bayramga tayyorgarlik vaqtida shu voqea yuz bergan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda tomda quruvchi bo‘lgan. U tezkor harakat qilish natijasida omon qolgan. Lekin bayramga tayyorlanayotganlar orasida vahima ko‘tarilgan va voqea joyiga shahar hokimi yetib kelgan.

Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!