Ana xolos! So‘kinib gapiradiganlar bora-bora bu odatni boshqarolmay qoladi

Ana xolos! So‘kinib gapiradiganlar bora-bora bu odatni boshqarolmay qoladi

So‘kinish insondagi uxlab yotgan hissiyotlarini qo‘zg‘atib yuboradi. Natijada, inson birdan terlab ketadi yoki yurak urushi tezlashadi. Mazkur o‘zgarishlar tajovuzkorlikni kuchaytirib yuboradi.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, so‘kinish bora-bora insonning miyasida boshqarib bo‘lmas funksiyaga aylanib qoladi.

Ektremal vaziyatlar yoki og‘riqda so‘kish yordam berish yoki bermasligini tekshirish uchun o‘tkazilgan tajribada qatnashchilar muz to‘la idishga qo‘l tiqib o‘tiradi va ular bunga qanchalik dosh berishi kuzatiladi.

Bitta odam ikki marta bu sinovdan o‘tadi. Birinchisida u istagancha so‘kishi mumkin, ikkinchisida so‘kish so‘zlar o‘rniga yumshoq so‘zlar aytadi.

Ekspertlarning aniqlashicha, haqiqiy so‘kish so‘zlarini ishlatganda odamlar qo‘lini uzoqroq vaqt muzda ushlab tura olgan, ammo ularning o‘rniga boshqa muqobil so‘zlar ishlatilganda muammo chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!