Ana xolos! Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi

Ana xolos! Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi

Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib — gaz quvuriga borib urildi. Natijada, «Amir Temur» mahallasidan o‘tuvchi gaz tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelib, butun shahar vaqtincha gazsiz qoldi.

Ana xolos! Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi

Foto: Shirin shahar hokimligi

Kecha tungi soat taxminan 3:00 lar atrofida Shirin shahar «Amir Temur» mahallasi «Ibn Sino» ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelgan, deyiladi shahar hokimligi axborot xizmatining xabarida.

Ana xolos! Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi

Foto: Shirin shahar hokimligi

Shaxsi ochiqlanmagan haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtotransport vositasi gaz quvuriga borib urilishi natijasida avariya holati yuzaga kelgan. Buning oqibatida gaz ta’minoti butun shahar bo‘ylab, soat 3:00 dan 9:00 gacha uzib qo‘yilgan.

Ana xolos! Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi

Foto: Shirin shahar hokimligi

Shu kechaning o‘zida shahar hokimligi hamda «Shirinshahargaz» gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan muammo bartaraf etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!