Ana xolos! Koronavirusdan keyin ajrimlar ko‘payishi mumkin

Ana xolos! Koronavirusdan keyin ajrimlar ko‘payishi mumkin

Psixoterapevtning so‘zlariga ko‘ra, karantin oilaviy munosabatlarni nafaqat mustahkamlashga, balki ularni barbod qilishga ham yordam beradi, deb xabar berdi “Izvestiya”.

"Oila a’zolarining kun bo‘yi uyda bo‘lgan holati munosabatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin, bunga bir nechta, masalan, oilalar qanday sinfga tegishliligi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi ”, deydi “Mental Health Center” asoschisi psixoterapevt Amina Nazaraliyeva.

Nazaraliyevaning fikricha, kambag‘al oilalar karantindan ko‘proq aziyat chekishadi, ayniqsa, ular ishi natijasida yoki boshqa daromaddan mahrum bo‘lishsa, bu tashqi stressni keltirib chiqaradi va qiyinchiliklarni kuchaytiradi.

Shuningdek, oila a’zolarining har biri munosabatlarning sifatini subektiv baholashi ham juda muhimdir. Ushbu omil ijobiy va salbiy aloqalarni hamda qarorlarni qabul qilish samaradorligini o‘z ichiga oladi.

Oilaviy hayoti o‘z joyida bo‘lgan oilalar esa karantindan bemalol o‘ta olishadi.

“Boshqa oilalarda, ya’ni stress va qashshoqlik darajasi juda yuqori, yagona boquvchisi ishidan mahrum bo‘lgan, doimiy janjallar, qo‘rquv, kelajak uchun tashvish kabi omillar ham ajrimlar ko‘payishiga olib keladi” - deya xulosa qilgan Nazaraliyeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!