Ana xolos! Gitler yana siyosatga qaytdi, Lenin esa qarshi chiqmoqda

Ana xolos! Gitler yana siyosatga qaytdi, Lenin esa qarshi chiqmoqda

Peruning kichik shaharlaridan birida mer lavozimiga Gitler Alba Sanches ismli siyosatchi o‘z nomzodini qo‘ydi, deb yozadi «Vesti.ru».

U o‘ng siyosiy partiya vakili bo‘lib, ilgari mer bo‘lib ishlagan va o‘zini ismi tufayli raqiblarining ta’na-malomatlariga qoladigan «yaxshi odam» deb ataydi.

Yangroq ism-sharifga ega yana bir perulik — Lenin Vladimir Rodriges Valverde saylov komissiyasiga murojaat qildi. U siyosatchining saylovda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishiga qarshi chiqmoqda. U, go‘yoki, mer lavozimini egallash uchun axloqiy huquqqa ega emas emish.

Biroq saylov sudi Leninning so‘rovini rad etdi. Gitler Alba Sanchesning o‘zi e’tirof etishicha, u ko‘p bora ismini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, ammo ota-onasiga hurmat yuzasidan buni qilmagan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Lotin Amerikasida bolalarga dunyoga mashhur tarixiy shaxslar sharafiga ism qo‘yish odati bor.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!