Ana xolos! AQShda Xitoy telefonidan foydalanish taqiqlandi

Ana xolos! AQShda Xitoy telefonidan foydalanish taqiqlandi

Xitoy ishlab chiqaradigan telekommunikasiya uskunasi bo‘lmish Huawei dan endilikda AQShda foydalanish taqiqlandi, deb xabar qilmoqda Reuters.

AQSh hukumati elektronika ishlab chiqaruvchiga amerika bozorida o‘z gadjetlarini to‘laqonli sotishni ta’qiqladi. AQSh hukumatiga ko‘ra, bu uskunalar barcha ma’lumotlarni xitoy razvedkasiga uzatishi mumkin.

Kompaniya vakili bunga javoban, AQSh tomonidan qo‘llanilayotgan dalilsiz choralar Vashingtonga xavfsizlikka erishishga yordam bermasligini va bundan AQSh kuchliroq bo‘la olmasligini, qolaversa endi Amerika yanada qimmatroq va sifat jihatdan ancha past muqobil elektronika moslamalaridan foydalanishga majbur bo‘lishini iddao qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni axborot texnologiyalariga tahdid munosabati bilan milliy favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Savdo vaziriga AQSh milliy xavfsizligiga yoxud AQSh fuqarolari xavfsizligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmas xatarni yuzaga keltiradigan kelishuvlarni amalga oshirish taqiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!