"Amerikalik g‘alaba qozonsin": Bahodir Jalolov haqida film suratga olinmoqda

"Amerikalik g‘alaba qozonsin": Bahodir Jalolov haqida film suratga olinmoqda

Prezidentning 2021 yil 29 apreldagi PQ–5099-son qarori 2-ilovasi asosida tasdiqlangan «Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi»ning 32-bandiga asosan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Boks Federasiyasi va Surxondaryo viloyati hokimligi, “CONGLOMERATE" MCHJ hamkorligida sportchi Bahodir Jalolovning Tokioda o‘tgan Olimpiadadagi g‘alabasiga bag‘ishlangan «Engilmas. Tokioga yo‘l» filmi suratga olinmoqda.

«Rio-2016» Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng og‘ir vaznli bokschi Bahodir Jalolov qisman boksdan chetlashtirildi. Ammo bu mag‘lubiyatni omadsizlik deb hisoblagan murabbiylar sportchini terma jamoaga qaytarishga muvaffaq bo‘lishadi.

Bahodir yana mashg‘ulotlarga kirishadi va qisqa vaqt ichida bir qancha muhim turnirlarda g‘alaba qozonib, nafaqat Osiyo, balki jahon chempioni bo‘ladi. Bundan tashqari, professional boksda ham yuqori natijalar ko‘rsatadi.

Shuningdek, filmda antiqahramonlar ham bor: turnir hay’atiga bir amaldor keyingi Olimpiadada har qanday holatda ham amerikaliklarning g‘alabasini ta’minlash topshirig‘ini beradi.

Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasidan faqat Bahodir finalga yo‘l oladi, u yerda amerikalik Torrez bilan yuzlashadi. Turnir hay’atining rejasiga ko‘ra, u ko‘r-ko‘rona amerikalikka mag‘lub bo‘lishi kerak edi. Ammo so‘nggi lahzada ayyor va makkorona reja barbod bo‘ladi – Baxodir Jalolov Olimpiada chempioniga aylanadi.

Rejissyor Akrom Isoqov, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov, ssenariy mualliflari Sulton Abbosov, Sergey Kuzminix, sahnalashtiruvchi operator Xusanboy Alijonov.

Loyihaga 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy aktyorlar jalb etilishi rejalashtirilgan. Filmda Otabek Musayev, Yoqub Ahmedov, Begzod Muhammadkarimov, Saida Rametova kabi taniqli aktyorlar ham turli qahramonlarni gavdalantirishadi. Rejaga ko‘ra, 100 kishi ijodiy va texnik jarayonlarda qatnashadi. Tasvirga olish ishlarini Toshkent, Surxondaryo, Tokio, Nyu-York, shaharlarida olib borish belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!