Amerika Rossiya armiyasining frontdagi muvaffaqiyati sababini aytdi

Amerika Rossiya armiyasining frontdagi muvaffaqiyati sababini aytdi

Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW) yangi hisobotiga ko‘ra, Kiyevga harbiy yordamning kechikishi Rossiya harbiylarining Baxmut, Avdeevka va Donesk yo‘nalishlarida yanada oldinga siljishiga imkon beradi.

Harbiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlarining asosiy muammolaridan biri havo hujumidan mudofaa tizimlari sonining cheklanganligi bo‘lib, buning natijasida Rossiya aviasiyasi hech qanday tahdidlarsiz frontning muhim sektorlaridagi nishonlarga zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lyapti.

"Ukraina harbiylari Rossiya aviasiyasi hujumlarini uzoq masofali raketalar bilan qaytarishga harakat qilmoqda, biroq Ukraina armiyasida bunday turdagi qurollar soni unchalik ko‘p emas", deb yozadi ISW.

O‘q-dorilar va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining ta’minoti yo‘qligi sababli, ekspertlar Rossiya kuchlarining bir qator yo‘nalishlarda, jumladan, Donesk viloyatidagi Chasov Yar shahri yaqinida oldinga siljishini taxmin qilmoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!