Alloh O‘z huzurida yod olsin desangiz

A A A
Alloh O‘z huzurida yod olsin desangiz

Shafoatgo‘yimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Din nasihatdir”, degan hadislariga binoan quyidagi narsalarni sizlarga ilindik.

Bo‘sh vaqtingizni savobi ulug‘, xotirada qolishi juda oson bo‘lgan zikrlar bilan o‘tkazing. Zero, oxiratda bo‘sh vaqtlarimizni qanday o‘tkazganimiz haqida so‘ralamiz. Siz bir narsani doimo yodda tuting!

Sizni o‘zingizdan katta lavozimdagi inson ismingizni tilga olsa, qay darajada xursand bo‘lasiz. Agar bu butun olamlarni yo‘qdan bor qilgan va butun olamlar Parvardigori Alloh taolo bo‘lsachi?!

Axir, Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan: “Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Meni inkor qilmangiz!” (Baqara surasi 152-oyat)

Ha, agar sizni butun olamlar Parvardigori bo‘lgan Alloh taolo eslashini xohlasangiz, shu ondayoq zikr qilishni boshlang. Alloh taoloni bir jamoa huzurida eslasangiz, Alloh taolo ham sizni u jamoadan yaxshi bo‘lgan jamoa xuzurida eslaydi.

Banda uchun bundan ortiq baxt bormi!?

Bo‘sh vaqtdan unumli foydalaning! Hali savol javob kuni bor!!!

Bo‘sh vaqtingizni tilga oson bo‘lgan zikrlar bilan o‘tkazing.

Ushbu zikrlar uchun alohida vaqt ajratish shart emas. Yo‘lda, biror ish bilan shug‘ullanayotgan vaqtingizda aytsangiz ham bo‘ladi.

سبحان الله وبحمده ،سبحان الله العظيم

O‘qilishi: Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil aziym

Ma’nosi: Allohni hamd aytish va ulug‘lash bilan poklayman.

Ushbu so‘zning fazilati: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim “Subhanallohi va bihamdihi”ni bir kunda yuz marotaba aytsa, undan xatolari o‘chirilib yuboriladi. Garchi dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Rahmonga suyukli, tilga yengil (aytishga), tarozuda og‘ir keladigan ikki so‘z bor. Ular: “Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil aziym”, – dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Subhanallohil azim va bihamdihi” desa, unga jannatda bir xurmo ekiladi”, – dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo uchun so‘zlarning eng yaxshisi “Subhanallohi va bihamdihi”, – dedilar (Imom Muslim rivoyat qilganlar).

 سبحان الله والحمد لله ولا إله إلا الله و الله أكبر

O‘qilishi: Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar.

Ma’nosi: Alloh barcha nuqsonlardan pokdir. Allohga hamd bo‘lsin, Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Alloh ulug‘dir.

Ushbu so‘zning fazli: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mening “Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar” deyishim menga quyosh chiqishidan yaxshiroqdir” dedilar  (Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taologa so‘zlarning eng suyuklisi to‘rttadir. Ularni qaysi biri bilan boshlasang ham zarari yo‘q. Ular «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar”», – dedilar (Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Isro kechasida Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U zot: “Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatingga mendan salom aytgin va ularga jannatning tuprog‘i pok, suvi shirin va o‘zi tekis, o‘simligi “Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar” ekanini xabarini bergin dedilar”», – deb marhamat qildilar (Imom Termiziy rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz har kuni mingta yaxshilik kasb qila olishdan ojizmi?” – dedilar. O‘tirganlardan biri: “Mingta yaxshilikni qanday qila olish mumkin?” – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yuzta tasbeh aytsa, mingta yaxshilik yozilib, mingta xatosi o‘chiriladi”, – dedilar (Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Daraxt o‘z barglarini to‘kkani kabi “Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar” kalimasi ham xatolarni to‘kadi”, – deb marhamat qildilar.

لا إله إلا الله وحده لا شريك له  له الملك وله الحمد

وهو على كل شيء قدير

O‘qilishi: “Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shayin qodiyr”

Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yolg‘iz, Uning sherigi ham yo‘q, butun olam mulki Uniki, butun Hamdu sano Unga xos va U xar bir narsaga qodirdir.

Ushbu so‘zning fazli: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim  Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shayin qodiyr, deb bir kunda yuz marotaba aytsa, o‘nta qul ozod qilgan barobarida savob oladi. Unga yuzta yaxshi amal yoziladi. Yuzta yomonlik o‘chiriladi. bu (ishi) unga o‘sha kuni shaytondan saqlanish bo‘ladi. To kech kirgunga qadar shaytondan omonda bo‘ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat undan ko‘proq ushbu kalimani aytgan kishi o‘zib ketadi”, – deb marhamat qildilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar).

                  لا حول ولا قوة الا بالله

O‘qilishi: Laa havla va laa quvvata illa billah

Ma’nosi: Alloh taolodan boshqa o‘zgartiruvchi na kuch, na qudrat bor.

Ushbu so‘zning fazli: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Muso roziyallohu anhuga qilgan nasihatlarida: “Seni Jannat xazinalaridan biriga dalolat qilaymi?” – dedilar. Abu Muso al- Ashariy roziyallohu anhu: “Ha, ayting, yo Rasululloh!» Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Laa havla va laa quvvata illa billah”, – dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar).

أستغفر الله وأتوب إليه

O‘qilishi: Astag‘firulloha va atubu ilayhi

Ma’nosi: Allohga istig‘for aytib tavba qilaman.

Ushbu so‘zning fazli: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimni sahifasida istig‘fori ko‘p bo‘lsa,  najot topadi”, – dedilar (Imom ibn Mojja rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimni sahifasi xursand qilishini xohlasa, istig‘forni ko‘paytirsin”, – dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey ayollar jamoasi,  sadaqa qilinglar va istig‘forni ko‘paytiringlar. Men sizlarni ko‘plaringizni do‘zahda ko‘rdim”, – dedilar (Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga qasamki, albatta,  men Alloh taologa bir kunda yetmish martadan ko‘p istig‘for aytib, tavba qilaman”, – dedilar.

الصلاة على النبي صلى الله عليه وسلم

Ma’nosi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish.

Ushbu so‘zning fazli: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim menga bir marotaba salavot aytsa, Alloh taolo unga o‘n marotaba salavot aytadi”, – dedilar (Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim menga bir marotaba salavot aytsa, Alloh taolo unga o‘n marotaba salavot aytadi. Undan o‘nta xatosini o‘chiradi. Martabasini o‘n daraja ko‘taradi”, – dedilar (Imom Ahmad rivoyat qilganlar).

Eslatma: Salavotlar ichida eng yaxshisi namozda “Attahiyot”dan keyin aytiladigan salavotdir.

Manba: fitrat. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Eron hammani va hamma narsani bombardimon qilmoqda

Эрон ОАВларининг хабарларига кўра, Баҳрайндаги Америка объектлари ва базаларида 8 тадан ортиқ кучли портлашлар юз берган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Tramp Makronning rafiqasi bilan munosabatlari haqida hazil qildi

Оқ уйдаги тадбирда Америка етакчиси Франция етакчисининг рафиқаси унга ёмон муносабатда бўлиши ҳақида ҳазиллашди.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Унинг сўзларига кўра, Франция Ҳўрмуз бўғози орқали кемалар ҳаракатини тиклаш бўйича ишлаш тарафдори, аммо бу ҳужумкор тарзда бўлмаслиги керак.

Trampga Erondagi yarim tonna uranni qo‘lga kiritish rejasi topshirildi

Бу тарихдаги энг йирик ва мураккаб махсус амалиётлардан бири, балки энг йириги бўлади.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.