Alixan Smailov Qozog‘iston Bosh vaziri etib tayinlandi

Alixan Smailov Qozog‘iston Bosh vaziri etib tayinlandi

Alixan Smailov Qozog‘iston Bosh vaziri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Parlament Majilisining bugungi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etgan Prezident Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Bosh vaziri lavozimiga Alixan Asxanuli Smailov nomzodini taqdim etdi.

Muhokama chog‘ida Majilis deputatlari Prezident taklifini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlab, Alixan Smailovni Bosh vazir etib tayinlashga rozilik bildirdi.

Alixan Asxanuli Smailov 1972 yilda Almati shahrida tug‘ilgan.

1994 yilda Al-Forobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetini Amaliy matematika fakultetini tamomlagan. 1996 yilda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutida davlat boshqaruvi magistri darajasini olgan.

2018 yil sentyabrdan 2019 yil fevraligacha – Moliya vaziri.

2019 yil 25 fevraldagi Prezident farmoni bilan u Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Moliya vaziri etib tayinlangan edi.

2021 yil 18 yanvarda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan qaytadan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!