Alisher Usmonov UBS Europe bankini sudga berdi

Alisher Usmonov UBS Europe bankini sudga berdi

USM Holdings asoschisi, milliarder Alisher Usmonov 7 iyun kuni Frankfurt Mayn hududiy sudiga UBS Europe SE bankiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda tadbirkor manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Stefani Rabenau “Kommersant” nashriga xabar berdi.

Usmonovning obro‘siga katta miqdorda zarar yetkazilishiga va moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelgan. Aslida, UBS begunoh shaxsni qonunga xilof ravishda javobgarlikka tortishni, shuningdek, mijoziga nisbatan sanksiya qo‘llashni qo‘zg‘atgan va yordam bergan”, — deydi milliarderning advokati.

Tadbirkorning vakili Piter Gauvayler yetkazilgan zarar miqdorini hozircha baholash yoki yakuniy aniqlash mumkin emasligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, UBS uchun oqibatlarni “sunami oqibatlari bilan solishtirish mumkin”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!