Alisher Usmonov qaysi biznesidan voz kechgandi?
Rossiyaning eng yirik biznesmenlaridan biri bo‘lgan Alisher Usmonov Islomda tamaki sotish va iste’mol qilish taqiqlangani sababli tamaki biznesidan voz kechgan. Usmonov Forbes jurnaliga hayotiy prisiplari haqida gapirib berdi. Biznesmen 90-yillarning boshida, o‘z imperiyasini qurayotgan vaqtida musulmon kishining tamaki savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin emasligini tushunib yetgan. \“Musulmon sifatida menga zahar sotishga to‘g‘ri kelmagan. Hali hamon menda tamaki biznesi mavjud emas" U shuningdek o‘z millati bilan faxrlanishini bildirdi. “Men bir necha marta aytganman, o‘zbek ekanimdan faxrlanaman. O‘zbekiston uchun, mamlakat rahbariyati uchun qanday xizmatim kerak bo‘lsa, tayyorman”, – dedi |
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)