Alisher Fayz Konstitutsiyasga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida fikr bildirdi

Alisher Fayz Konstitutsiyasga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida fikr bildirdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz Konstitutsiyasning 63 va 64-moddalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida gapirdi.

"Bosh qomusimizda ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi hamda jamiyat va davlatning himoyasida ekanligini mustahkamlab qo‘yish lozim degan taklif insonni alohida e’tiborini qaratdi",-deydi taniqli san’atkor buni juda ham to‘g‘ri deb bilishini aytib.

U yuqoridagi taklifni mustahkamlab qo‘yishni muhim deb hisoblaydi.

"Xalq ichida yurib, ularning xursandchilik kunlariga guvoh bo‘lamiz. Biroq ba’an hech qancha vaqt o‘tmay turib bu oilalar ajrashib ketgani ham qulog‘imizga chalinadi. Natijada ularning norasida farzandlari yetim qolayotgani ham isonni baribir bu mavzuga befarq qolmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham mana shu qoidalar konstitusiyada mustahkamlab qo‘yilishi nihoyatda muhim deb o‘ylayman. Bu nafaqat san’atkor, balki bir oilaning boshlig‘i, shu yurt farzandi, kimningdir akasi yoki do‘sti sifatida chin yurakdan aytilgan gaplar",-deydi o‘zbek xalqining sevimli xonandasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!