Aleksey Navalniyning o‘limi Yaqin Sharq OAVlarining ham e’tiboridan chetda qolmadi
Eronning bir qancha nashrlari bu mavzuni darhol birinchi sahifalarga olib chiqdi:
Shargh: "Navalniy va rus sindromi"
Ham-Mihan: "Muxolifatchi o‘ldirildimi? Aleksey Navalniyning qamoqda o‘limi Vladimir Putinga yana ayblov barmog‘ini ko‘rsatmoqda"
Aftab-e Yazd: "Shimoliy qutb yaqinida tanqidchi-mahbusning o‘limi"
Donya-e Eqtesad: "Putinning ko‘zlariga chek qo‘yildi"
Tejarat Online: "Putinning Rossiyadagi eng muhim raqibining achchiq taqdiri"
Biroz kamroq hajmli, ammo birinchi sahifadagi maqolalar bilan arab tilidagi gazetalar ham bu mavzuga e’tibor berdi:
Asharq Al-Awsat (Londonda chiqadigan Saudiya Arabiston moliyalashtiradigan nashr): "Navalniyning hibsda o‘limi savollarni tug‘dirmoqda... va ayblovlar"
Al-Misry Al-Youm (Misr): “Rossiyadagi eng mashhur muxolifat yetakchisining hibsdagi sirli o‘limi”
Annahar (Livan): "Navalniyning Sibir hibsxonasida o‘limi G‘arbni hayratda qoldirdi. Bayden g‘azabda va bunda Putinni ayblamoqda"
Ba’zi turk nashrlari ham shu kabi munosabat bildirib, ushbu yangilikni birinchi sahifalarga olib chiqdi:
Cumhuriyet: "Sirli o‘lim bayonoti. Muxolifat lideri vafot etdi"
Karar: "Putinning murosasiz raqibi qamoqda o‘z hayotini berdi"