Aleksey Navalniyga “Jasorat" mukofoti topshirildi

Aleksey Navalniyga “Jasorat" mukofoti topshirildi

8 iyun kuni ayni vaqtda qamoqda jazo muddatini o‘tayotgan 45 yoshli siyosatchi Aleksey Navalniy Inson huquqlari va demokratiya bo‘yicha Jeneva forumida “Jasorat mukofoti” bilan taqdirlandi. Mukofotni Alekseyning nomidan uning 19 yoshli qizi Darya Navalnaya qabul qilib olgan.

Darya Navalnaya taqdirlash marosimidan keyin ommaga videomurojaat bilan chiqdi.

“Otam ushbu mukofotni olishini bilganida va meni uning nomidan mukofotni qabul qilishga chaqirganlarida qamoqxonadan turib maktub yozdi: “Dasha, senga ikkita muhim narsani aytishim kerak. Birinchi va eng muhimi, iltimos, birinchi chiqishingni rasvo qilma. Ikkinchisi, men bu mukofotni olishdan behad g‘ururlanishimni aytishni ham unutma”.

Bu mening otam va uni qo‘llab-quvvatlayotganlarning barchasi uchun katta sharaf. Men bularni mag‘rur qiz va demokratiya buzilishidan tashvishga tushgan Rossiya fuqarosi sifatida aytyapman. Men Darya Navalnaya, Putinning asosiy siyosiy raqiblaridan biri bo‘lgan, butun umrini korrupsiya bilan kurashish, odamlarning huquq va erkinligi, norozilik bildirish va saylovlarda qatnashish huquqini himoya qilish uchun sarf etgan Aleksey Navalniyning qiziman”, dedi siyosatchining qizi.

Eslatib o‘tamiz, Navalniy 2021 yilning fevral oyi boshida “Iv Roshe” ishi bo‘yicha 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!