Albaniyada parlament a’zolari atay yong‘in chiqardi

Albaniyada parlament a’zolari atay yong‘in chiqardi

2024 yilgi byudjet rejasi bo‘yicha ovoz berish chog‘ida Albaniyada muxolif parlament a’zosi jarayonni to‘xtatish uchun xonani tutun bilan to‘ldirib, kichik yong‘in ham chiqardi.

Voqea Albaniya parlamenti spikeri Lindita Nikola yig‘ilish kun tartibini e’lon qilishni boshlaganda yuz bergan. Muxolifat deputatlari ish haqini oshirish mavzusi e’tibordan chetda qolganiga qarshilik bildirganligi aytilmoqda.

Parlament spikerining ularni tinchlantirishga qilgan urinishi zoye ketganidan so‘ng, byudjet loyihasi muhokamasiz qabul qilindi, deb yozadi ommaviy axborot vositalari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!